Maqolalarga qo’yilgan talablar


"O'zbekiston konchilik xabarnomasi" jurnali SCOPUS xorijiy tahliliy ma'lumotlar bazasiga o'tish munosabati bilan hamda xalqaro miqyosda tan olingan ma'lumotlar bazalarida ro'yxatdan muvaffaqiyatli o'tishi maqsadida nashr etilayotgan maqolalar to'g'ri shaklga keltirilishi talab etiladi. Scopus xalqaro tahlil tizimida maqolalar mualliflari tomonidan bajarilishi shart bo'lgan talablar ro'yxati mavjud. Taqdim etilayotgan materiallning sifati eng yuqori darajada bo'lishi kerak, bu nafaqat mazmuniga, balki uning taqdimotiga ham tegishli.

 

“O'zbekiston konchilik xabarnomasi” jurnaliga taqdim etilgan maqolalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Nashr etilayotgan ma'lumotlar 2 komponent ko'rinishda taqdim etiladi. Ulardan biri mavzuni ilmiy va amaliy jihatdan maksimal darajada yoritib beradi. Shu tufayli, maqolani o’quvchi shaxs uni mohiyatini tushunish imkoniga ega bo’ladi. Belgilangan komponent ma'lumotlar bazasiga yuborilganligi sababli maqolaning sarlavhasini diqqat bilan tanlash, muallifdan tanishtiruv yoki maqolaning qisqacha mazmunini e’tibor bilan tuzish va kalit so’zlarini to’g’ri tanlash zaruz. Muallif uchun eng muhimi uning maqolasi qiziqishni uyg'otishi, xalqaro arenada va vatandoshlar orasida osonlikcha anglanilishi va qobul qilinishidir.

 

Maqolaga materialni ochiq matbuotda nashr etilish imkoniyati to'g'risida ekspert xulosasi ilova qilinishi kerak.

Maqolaning standart hajmi: 4-10 betli matn + 3-4 ta rasm. Matn Times New Roman shriftida 10 kegl o'lchamda 1 intervalda bosiladi. Formulalar “formulalar muharriri” yordamida kiritilishi shart (formulalar skanerdan o'tkazilmasligi kerak). Maqola mualliflaridan birining elektron pochta manzilidan yuborilishi talab etiladi (agar maqola bo’yicha savollar bo'lsa uni qaytarib jo’natish uchun).

Materiallar qisqacha berilishi, matndagi jadval va rasmlarda ma’lumotlar takrorlanmasligi shart; adabiyot, jadval va rasmlarga havolalar ko’rsatiltshi zarur (tartib raqami bo'yicha). Rasmlar va jadvallar sarlavhaga ega bo'lishi kerak.

Maqola mualliflari 5-6 ko'p bo'lmasligi kerak (qolganlari izohda ko'rsatilishi mumkin). Mualliflarning har biri uchun to’liq ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim (ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, pochta manzili, telefon,    e-mail).

Maqolada shartli ravishda annotatsiya, kalit so'zlar (rus va o'zbek tillarida (lotin)) vabibliografik ro’yxat bo'lishi kerak.

Maqolani annotatsiyasi (xalqaro ma'lumotlar bazasi talablariga muvofiq) o'rtacha hajmi kamida 10-12 qator bo’lib(yoki 100 dan 250 so'zgacha) uni to'liq mazmunini ochib berishi zaruz.

Kalit so'zlar o'rtacha kamida 12-20 bo'lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati GOST 7.1-2003 (va uni 2008 yildagi keyingi versiyasi) talablariga muvofiq bo'lishi shart va 2000 yildan eski bo’lmagan

o'rtacha 7-10 manbalardan (shundan 25% o'z ishlari) iborat bo’lib quyidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olishi kerak:

- jurnalga havola keltirganda - muallifning ismi, otasining ismi bosh harflari va familiyasi, jurnalning to'liq nomi, nashr etilgan yili, jildi, raqami, maqolaning boshlanish va tugash betlari;

- kitobga havola keltirganda - muallifning ismi, otasining ismi bosh harflari va familiyasi, asarning nomi, nashr qilingan joyi, nashriyoti (chet el manbasi uchun shaharni ko'rsatishni o’zi yetarli), nashr etilgan yili, kitobdagi umumiy betlar soni;

- to'plamdagi maqolaga havola keltirganda - to'plam nomi, nashr raqami (yoki hajmi), nashr qilingan joyi, nashriyot uyi (yoki nashriyot tashkiloti), maqolani boshi va oxiridagi betlari;

- Internet manbalariga havola keltirganda - manba va nashrning nomi, kirish tartibi.

Adabiyotga havola keltirish raqami kvadrat qavs ichida, matnning tegishli joyida beriladi. Maqolani elektron pochta orqali yuborishda, matnli qism Windows uchun Word matn muharriri formatidagi faylga yozilishi kerak. Rasmlar JPEG, TIF, EPS yoki PSD formatlarida yetarlicha kengayishda (ravshanligi) (1:1 masshtabda kamida 300 dpi) alohida grafik fayllar sifatida yozib olinishi lozim.

Maqoladagi jadvallar nomlangan bo'lishi kerak, jadvalga havolasi tegishli joyda qavs ichida ko'rsatiladi.

Maqola uchun rasmlar kompyuterda ko’paytirishga mos keladigan aniqlikda bo'lishi kerak. Ularni maqolaga bevosita bog'liq bo’lmagan ikkilamchi ma'lumotlar bilan ortiqcha yuklamang. Rangli fotosuratlarga taglavhalar ilova qilinishi lozim.

O'lchov birliklari va belgilar SI xalqaro birliklar tizimida ko'rsatilishi kerak.

Maqola materiallarining yuqoridagi talablarga mos kelmasligi nashrni rad etish uchun sabab bo'lishi mumkin.

Maqola matniga qo’yilgan talablar:

Sarlavha ko’rinishi:

Shrift to'plami "Arial", o’lchami 18 pt, bosh harfdan, roslanishi chap tomondan, chiziqcha yo'q, qalin;

Maqola sarlavhasi tepasida (1 intervaldan keyin), o'ng burchakda - mualliflarning ismi va shariflari, odatiy shrift, o'lchami 8 pt; chap burchakda - UDK indeksi;

Maqola sarlavhasi ostida - mualliflarning ismi va shariflari - qalin qilib; ish joyi, lavozimi ilmiy unvoni, tashkilot nomi – 8 pt. o'lchamdagi odatiy shriftda.

Annotatsiya ko’rinishi:

"Times New Roman" shriftlar to'plami, 10 pt. o'lchamida, kursiv;

Maqolaning sarlavhasi ostida (1 intervaldan keyin).

Tayanch so’zkar ko’rinishi:

"Times New Roman" shriftlar to'plami, 10 pt. o'lchamida, kursiv; "Tayanch so'zlari" so'zlari qalin qilib yoziladi.

Annotatsiya ostida joylashgan.

Asosiy matnga talablar:

"Times New Roman" shrift to'plami, 10 pt o’lchamdagi odatiy shrift;

qator oralig'i - bittalik;

xat boshi - 0,5 sm;

osilgan qatorlarni taqiqlash;

Sahifa chekkalari - chap - 3 sm; yuqori, pastki, o'ng - 2 sm.

Jadval ko’rinishi:

Jadval nomi - "Arial" shrift to'plami, 8 pt, qalin, markazda

Jadvaldagi matn - "Times New Roman" shrift to'plami, 8 pt., odatiy.

Formula kiritish talablar:

Formulalar va maxsus belgilar faqat "Microsoft Equation-3" muharririda yoziladi. Formulalar markazda joylashtiriladi.

Rasmlarga talablar:

Rasmlar aniq ko’ringan bo'lishi kerak, chop etishga tayyor, matnga qo'shilishi va GIF, BMP, JPEG formatidagi alohida fayllarda ilova qilinishi kerak;

Imkon qadar, rasmlar oq-qora rangda bo'lishi kerak.

Bog'lanish uchun ma'lumotlar, mualliflar ismi shariflari, elektron pochta manzillari va maqolaning oxirida bog'lanish uchun telefon raqamlari kiritilishi shart.

Bibliografik ro'yxatga (adabiyotlar) talablar:

"Arial" shrift to'plami, 8 pt o'lchamda, kursiv. Kamida 12 havola, oxirgi 5 yilda nashr etilgan adabiyotlar. "Bibliografik ro'yxat" so’zlari.

MAJBURIY QO'ShIMCHA: ingliz tilida - maqola nomi. Mualliflarning to’'liq F.I.Sh., ish joyi va lavozimi, referat, ishlatilgan adabiyotlar ro'yxati.

Referat maqola mazmunining quyidagi jihatlarini o'z ichiga oladi: - ish predmeti, mavzusi, maqsadi; ish uslubi yoki metodologiyasi; ish natijalari (200-300 so'z).


Tafsiya qilamiz