УДК: 622.271. 622.3

SUYUQLANTIRUVCHI QO‘SHIMCHALAR VA SHISHA CHIQINDILARI QO‘SHILGAN QO‘RG‘OSHIN SILIKATLI SHISHALARNI SINTEZI

Авторы: Adinayev X.A.

Рубрика: Научно-лабораторные изыскания || Выпуск: №2 (Апрель-Июнь), 2023 год. || Скачать

РbO-SiO2 sistemasiga Na2O, CaO, B2O3 va Al2O3 oksidlarini qo‘shish orqali shishaning qaynatish haroratini pasaytirishga erishilgan. Shishalarning fizik-texnologik ko‘rsatgichlari va ularning strukturasi IQ spektroskopiya va elektron mikroskopiya usullarida o‘rganilgan. Barcha o‘rganilgan namunalarda shishalarni eritish vaqtining davomiyligi va shixtaga kiritilayotgan qo‘shimchalarning turiga bog‘liq strukturaviy xossalari bilan farqlanadigan mustaqil sferalar hosil bo‘lishi aniqlangan.

Mikroshishashariklar olish uchun ishlab chiqarishdagi chiqindilarning to‘la qayta ishlatilishiga hamda bu sohada chiqindisiz texnologiya yaratilishiga erishilgan. РbO-SiO2 sistemasi asosidagi mikroshishashariklarning chiqindilarini shixtalarni ustiga 1:1 nisbatda qo‘shib shisha sintez qilingan. Natijada, РbO-SiO2 sistemasi asosidagi shixtalarga chiqindi sifatida ikkilamchi xomashyo yoki shisha kukuni qo‘shish orqali past haroratda pishuvchi diametrlari d = 56 mkm, d = 90 mkm va d = 125 mkm bo‘lgan mikroshishashariklar olingan.

Tayanch so‘zlar: РbO-SiO2 sistemasi, shisha, mikroshishasharik, bor oksidi, nur sindirish ko‘rsatkichi, IQ spektroskopiya usuli, shishaning yutilish spektori.

 

При добавлении оксидов Na2O, CaO, B2O3 и Al2O3 в систему РbO-SiO2 удалось снизить температуру варки стекла. Физико-технологические показатели стёкол и их структура изучены методами ИК-спектроскопии и электронной микроскопии. Установлено образование самостоятельных сфер во всех исследованных образцах, различающихся по структурным свойствам в зависимости от продолжительности времени расплавления стёкол и вида добавок, вносимых в шихту.Достигнуто полное повторное использование отходов производства для получения микростеклошариков и создания безотходной технологии в этой области. Стекла синтезировали путём добавления отходов микростеклошариков на основе системы РbO-SiO2 в соотношении 1:1 в шихту. В результате добавления вторичного сырья или порошка стекла в качестве отходов к шихте на основе РbO-SiO2, были получены микростелошарики при низкой температуре диаметром d = 56 мкм, d = 90 мкм и d = 125 мкм.

Ключевые слова: система PbO-SiO2, стекло, микростеклошарик, оксид бора, показатель преломления света, метод ИК-спектроскопии, спектр поглощения стекла.

 




Библиографический список

  1. Babayev Z.K., Ibragimov D.U., Karimov Sh.X., Kenjayev F.D., Yadgorov A.M. O‘zbekistonda shisha sanoatining holati va rivojlanishi // Universum: texnik fan. Elektron ilmiy jurnal. 2 (47). Moskva, 2018. 150-154 betlar.
  2. Ismatov A.A., Ismatov Q.Yu., Adinayev X.A. PbO - SiO2 sistemasi asosida shisha olish xossalari va qo'llanilishi // O'zbekiston kimyo jurnali, № 1. T.: UNKI, 2000. 8-10 betlar.
  3. Adinayev X.A., Ismatov Q.Yu., Ismatov A.A. PbO - SiO2 sistemasi asosidagi mikroshishashariklarning chiqindilarini shixtalarga qayta qo‘shish orqali mahsulotlar olish // «Sanoatda ekologik muammolar va ularni hal etishda mutaxassislar tayyorlashning roli» Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman tezislari. – T.: TDTU, 2000. 10-11 betlar.
  4. Sevostyanova T.S. Ftorborat tizimlaridan kristallangan qo'rg'oshin, bariy va lantanidlarning qattiq eritmalariga asoslangan materiallarning fizik va kimyoviy xossalari // k.f.n. ilm.dar. diss. Avtoreferati. – M.: RKTU, 2018. 17 bet.
  5. Hülsenberg D., Harnisch A., Bismarck A. Microstructuring of Glasses // Publisher, Springer Berlin Heidelberg, 2008. 326 p.
  6. 6. Konon M.Yu., Polyakova I.G., Stolyar S.V., Anfimova I.N. Na2O-B2O3-SiO2-Fe2O3 tizimining turli xil SiO2 tarkibidagi shishalarda kristallanishi // Fiz. va kim. Shisha. – Т. 46. – № 6. Sankt-Peterburg, 658-662 betlar.
  7. Bobkova N.M., Papko L.F. Shisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi. – Minsk: BDTU, 2005. 196 bet.
  8. Kazmin O.V., Belomestnova E.N., Dits A.A. Shisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi. – Tomsk: TomPU, 2011. – 170 bet.
  9. Ismatov A.A. Silikat va zo‘rg‘asuyuluvchan materiallar fizik-kimyoviy tahlilining zamonaviy usullari, O‘quv qo‘llanma, T.: Fan va texnologiya, 2006. 75-113 betlar.